Tojikistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshdi

Olam

−

image

Tojikistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 32 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanganlarning 17 nafari Dushanbeda, 5 nafari Respublika tasarrufidagi tumanlarda va 10 nafari esa So‘g‘d viloyatida aniqlangan.

Avvalroq, Tojikistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtab-kvartirasi mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ilk 15 ta holatni tasdiqlagani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng, Tojikiston koronavirus pandemiyasini profilaktika qilish respublika shtabining qarori bilan 2020 yil 4 maydan oliy ta’lim muassasalarining 1, 2, 3-kurs talabalariga yozgi ta’til e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing