Tojikistonda koronavirus bemorlari 2 mingga yaqinlashdi
Olam
−
19 may 2020
9780Bugun, 19 may holatiga Tojikistonda koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlar soni 1936 nafarga yetdi. Bir sutkada mamlakatda 207 kishid COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Koronavirus masalalari bo‘yicha yagona milliy portal xabar berdi.
Ayni shu portal ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida mamlakatda hech kim koronavirusdan vafot etmagan.
Tojikistonda bugungacha 41 kishi COVID-19 dan halok bo‘lgan. Qayd etish kerakki, Tojikiston qisqa vaqtda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan o‘tib ketdi.
Tojikistondagi yetakchi virusolog, pulmonolog va terapevtlar mamlakatda hech bo‘lmaganda 1 oy muddatga qattiq karantin rejimini joriy qilish kerakligini aytmoqda.
LiveBarchasi