Tojikistonda 6 nafar o‘zbekistonlik 65 kg narkotik bilan ushlandi
Olam
−
14 iyul 3376 1 daqiqa
2026 yilning birinchi yarmida Tojikistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishida gumonlanib 28 nafar xorij fuqarosi qo‘lga olindi. Shulardan 6 nafari o‘zbekistonlik. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish agentligi xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan xorijliklardan 694 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (o‘shanda 147 kg musodara qilingan edi) ancha yuqori. Qo‘lga olinganlarning aksariyat qismini Afg‘oniston fuqarolari (18 nafar) tashkil etgan va ulardan 601 kg narkotik modda olingan.
Bundan tashqari, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi (65 kg narkotik musodara qilingan), Qozog‘istonning 1 nafar fuqarosi (10 kg), Qirg‘izistonning 2 nafar fuqarosi (5 kg), shuningdek, Ukrainaning 1 nafar fuqarosi (11 kg giyohvandlik vositasi musodara qilingan) qo‘lga olingan.
Agentlik transmilliy narkotrafikka qarshi kurash respublika huquq-targ‘ibot organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Tailanddagi Puket xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan yuklari ichiga yashirilgan 26 kilogrammdan ortiq kannabis bilan ushlangan edi.