Tojikiston “Tolibon”ni inklyuziv hukumat yaratishga chaqirdi

Olam

image

Afg‘onistonning barcha siyosiy va etnik guruhlari o‘rtasida inklyuziv hukumatni shakllantirish uchun muloqot zarur. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sodiq Imomiy Tojikiston-Rossiya parlamentlararo forumida co‘z ochdi.

Imomiy terrorchilik guruhlarining faollashuvi va narkotrafikning kuchayishi bilan bog‘liq xavotirini ham ma’lum qilgan.

“Aynan shuning uchun bizning davlatlarimiz Afg‘onistonning barcha siyosiy va etnik kuchlari vakillari ishtirokida inklyuziv hukumatni shakllantirishga qaratilgan tinchlik muloqoti ushbu mamlakatning tinch rivojlanishi uchun muhim kafolat ekanligi to‘g‘risida bir fikrga ega”, dedi u.

Diplomat, shuningdek, Tojikiston qo‘shnisini oziq-ovqat va elektr energiyasi bilan ta’minlayotganini, Afg‘oniston bilan chegara bozorlarini qayta tiklaganini ta’kidlagan.

Imomiyning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi bo‘ylab MDH davlatlarining maqsadli dasturi bo‘yicha muzokaralar 2024 yilda yakunlanadi.

“Biz ushbu dasturning amalga oshirilishi va texnik vositalar, qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda nazoratni hisobga olgan holda, chegara qo‘riqlashning yangi boshqaruv modelini yaratish imkonini beradi, deb umid qilamiz,” dedi Imomiy.

Qayd etilishicha, bu bayonot “Tolibon”ning hozirgi hukumati allaqachon inklyuziv ekani haqidagi ishonchlar fonida yangragan. Xususan, “Tolibon” Afg‘onistonda terrorchilik guruhlari yo‘qligini va giyohvand moddalar bilan jiddiy kurash olib borilayotganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Kabir qo‘shni davlatlardan afg‘on kompaniyalari uchun qulay sharoit so‘ragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston “Tolibon” hukumat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing