Tojikiston Prezidenti Sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatdi
Olam
−
06 may 2020
8759Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzodani ishdan bo‘shatdi. Prezident qarorida aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshlig‘i “boshqa ishga o‘tganligi sababli“ egallab turgan lavozimidan olingan.
Uning o‘rniga, 54 yoshli Jamoliddin Abdullozoda, “Istiqlol“ tibbiy markazi direktori va Tojikiston davlat tibbiyot universiteti umumiy jarrohlik kafedrasi professori Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.
Olimzoda 2017 yil yanvar oyidan Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligida rahbarlik qilib kelayotgan edi. U ilgari vazirning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot uchun, koronavirus aniqlanganidan keyin besh kun ichida mamlakatda 293 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlandi. Kasallanganlarning besh nafari vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda ilk koronavirus bilan bog‘liq holat joriy yilning 30 aprel kuni qayd etildi. Shundan so‘ng, hukumat talabalarni muddatdan oldin ta’tilga chiqardi. Shuningdek, mamlakat Prezidenti koronavirusga qarshi kurashish uchun o‘z maoshidan voz kechdi.
LiveBarchasi