Muftiy Ramazon oyida bozorlardagi narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

Olam

image

Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda savdogarlardan Ramazon oyida oziq-ovqat narxini oshirmaslikni, balki arzonlashtirishni so‘radi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning “Din va ҷomea” ("Din va jamiyat") rasmiy nashri xabar berdi.

“Ko‘proq foyda olish maqsadida bozor narxlarini sun’iy ravishda oshirish islomda qoralangan eng yomon ish”, deb yozadi nashr.

Muftiy Abdulqodirzoda esa Ramazon oyida narxlarning sun’iy ravishda ko‘tarilishi savdogarlarga “tashvish, omadsizlik va halovatsizlikdan boshqa narsa keltirmasligini ta’kidlagan.

“Bizda yog‘, un, meva taqchil emas, hamma omborlar to‘la. Eng zarur tovarlar va boshqa mahsulotlar narxini sun’iy ravishda oshirish muborak Ramazon oyini suiiste’mol qilishdir. Bu juda katta gunoh, uning oqibatlari ham yoqimsiz bo‘ladi", deydi Tojikiston muftiysi.

U barcha savdogarlarni, bozor va do‘konlarda ishlayotganlarni ushbu muborak oyda har kuni xayr-ehson qilishga, narxlarni ko‘tarishga emas, balki pasaytirishga chaqirdi.

“Chunki hech bir ish savobsiz qolmaydi, bu ish yaxshi niyat bilan amalga oshirilsa, yaxshi savob keltiradi”, deydi Abdulqodirzoda.

“Asia Plus” xabariga ko‘ra, muftiy avvalgi yillarda ham savdogarlardan Ramazon oyida oziq-ovqat narxini oshirmaslikni so‘ragan. Biroq, bu chaqiriq savdogarlar tomonidan e’tiborsiz qolmoqda. Tojikiston aholisi har yili Ramazon oyida oziq-ovqat narxining oshishidan shikoyat qiladi. Ular har doim ayrim savdogarlar bu oydan tovarlar narxini oshirish uchun foydalanayotganidan xavotir bildiradi, lekin Ramazondan keyin ham bu narxlar deyarli pasaymaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ramazon Saidmukarram Abdulqodirzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing