Tojikiston Kishinyov aeroportidagi voqea yuzasidan Moldovaga huquq-tartibot xodimlarini yubordi

Olam

image

Tojikiston Kishinyov aeroportida yuz bergan hodisa bilan bog‘liq holatlarga oydinlik kiritish uchun respublika huquq-tartibot organlari xodimlarini Moldovaga yubordi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Tojikiston huquq-tartibot idoralari xodimlari va Tojikistonning Moldovadagi elchixonasining yuqori mansabdor shaxslari moldovalik hamkasblari bilan muloqot qilish va voqeaning barcha holatlariga oydinlik kiritish uchun Kishinyovga jo‘natildi”, deyiladi xabarda.

Diplomatik departamentning qo‘shimcha qilishicha, voqeadan keyin Tojikiston Bosh prokuraturasi va hukumat vakillari Moldovadagi hamkasblari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

“Biz Moldovaning halok bo‘lgan fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz hamda Tojikiston tomoni Moldova tomoni bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqlaymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyun kuni Moldovaning Kishinyov aeroportida Tojikiston fuqarosi 43 yoshli Rustam Ashurov otishma sodir etgandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangandi. Otishma vaqtida uni o‘zi ham yaralangan.

Ashurov Tojikistonda shu yilning 23 iyun kuni “Oriyonbank” raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyevni o‘g‘irlab ketganlikda ayblangan. Shundan so‘ng, u yashirinish maqsadida Turkiya orqali Moldovaga qochib ketgan. U Moldovada umrbodga qamalishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Moldova otishma Rustam Ashurov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing