AQŞdagi Xellouin dökonida otişma böldi. Qurbon bor

Olam

−

image

AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgan Xellouin bayrami liboslari sotiladigan dökonda otişma yuz berdi. Oqibatda homilador ayol halok bölib, yana olti kişi turli darajada yaralandi. Bu haqda “Associated Press“ xabar berdi.

Qayd etilişiça, otişma joriy yilning 30 oktyabr kuni soat 20:30 atrofida Feyrfild şahridagi Solano Town Center savdo markazida joylaşgan Spirit Halloween dökonida sodir bölgan. Bu haqda şahar politsiyasi keça, 31 oktyabr kuni Facebook sahifasida ma’lum qilgan.

Politsiya halok bölgan ayol 31 yoşli Konstans Heyjs ekanini aniqlagan. Uning oila a’zolari huquq-tartibot idoralariga ayol homilador bölganini bildirgan.

Otişma oqibatida 16, 19 va 32 yoşli uç nafar erkak oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Yana 23 yoşli erkakning ahvoli ham oğir, biroq barqaror deb baholangan. 19 va 43 yoşli ikki erkak ham öqotar quroldan yaralangan. Ularga tibbiy yordam körsatilgaç, şifoxonadan javob berilgan.

Hozirça hodisa böyiça heç kim qölga olinmagan. Politsiya jinoyatni sodir etgan şaxsni aniqlaş uçun kuzatuv kameralari yozuvlari va boşqa dalillarni örganmoqda.

Şahar politsiyasi hodisa mahalliy aholi orasida xavotir uyğotganini bildirgan. Ayniqsa, Xellouin bayrami munosabati bilan köplab tadbirlar rejalaştirilgani sababli fuqarolardan huşyor böliş, bir-birini qöllab-quvvatlaş va şubhali holatlar haqida xabar beriş söralgan.

130 ta dökon va restoranni öz içiga olgan Solano Town Center savdo markazi faoliyatini davom ettirgan. Biroq ma’muriyat otişma sababli 31 oktyabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan bolalar uçun şirinlik yiğiş tadbirini bekor qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikaning Pensilvaniya ştatida 45 yoşli erkak öz uyida 8 kişini, jumladan, homilador ayol va bolalarni otib öldirgaç, öz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing