AQŞda Xellouin keçasida uçta otişma sodir böldi. Qurbonlar bor
Olam
−
09:15 453 2 daqiqa
AQŞning Texas ştati Dallas şahridagi Dip Ellum mahallasida Xellouin keçasi uçta otişma sodir böldi. Oqibatda 4 kişi halok bölib, 15 nafarga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, otişmalar keça, 1 noyabrga ötar keçasi şahar markazining şarqiy qismida joylaşgan Dip Ellum mahallasining uçta nuqtasida yuz bergan. Birinçi otişma soat 00:20 atrofida, ikkinçisi soat 01:00 dan biroz ötib, uçinçisi esa undan yarim soat ötib sodir bölgan.
Dallas politsiyasi boşliği Deniyel Komoning aytişiça, hozirça uçta hodisa örtasida boğliqlik aniqlanmagan. Otişmalar binolar içida yoki köçada sodir bölganiga ham aniqlik kiritilmagan.
Huquq-tartibot idoralari bir neça kişini qölga olib, söroq qilmoqda. Biroq ularning otişmalarga aloqadorligi hozirça noma’lum. Politsiya hodisalarni sodir etgan şaxslarni aniqlaş böyiça tergov olib bormoqda.
Jarohatlanganlar soni özgarişi mumkin. Çunki ayrim jabrlanuvçilar tibbiy yordam oliş uçun şifoxonalarga mustaqil ravişda murojaat qilgan. Halok bölganlarning şaxsi va jarohatlanganlarning ahvoli haqida hozirça ma’lumot berilmagan.
Politsiya Xellouin bayrami munosabati bilan hududda odamlar köpligini hisobga olib, xodimlar sonini oldindan oşirgan. Şunga qaramay, otişmalar vaqtida heç bir politsiya xodimi jarohatlanmagan. Politsiya boşliğining sözlariga köra, xodimlardan biri jabrlanganlardan biriga hayotini saqlab qoliş uçun yordam körsatgan.
Şuningdek, politsiya hodisalar vaqtida mahallada bölgan fuqarolardan foto va videolarni taqdim etişni söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgan Xellouin bayrami liboslari sotiladigan dökonda otişma yuz berişi oqibatida homilador ayol halok bölib, yana olti kişi turli darajada yaralangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr