Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimi vaqtinchalik choradir – Turkiya
Olam
−
08 aprel
3805Turkiyaga borishni xohlovchi Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimining joriy etilishi vaqtinchalik chora hisoblanadi. Bu haqda kecha, 7 aprel kuni Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Vizalarni rasmiylashtirish 2024 yil 20 aprelda boshlanadi. Shu kungacha Tojikiston fuqarolari Turkiyaga vizasiz sayohat qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, elchixona Turkiyadan tranzit sifatida foydalanadigan fuqarolar vizasiz sayohat qilishi mumkin ekanini bildirgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yildan Tojikiston fuqarolari Turkiyaga vizasiz kirishlari va u yerda oddiy xalqaro pasportdan foydalangan holda 30 kungacha, xizmat va diplomatik yo‘llardan foydalangan holda 90 kungacha qolishlari mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, 6 aprel kuni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an farmoni bilan Turkiya Tojikiston bilan vizasiz rejimni bekor qilgandi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning vizasiz rejim bekor qilingani haqidagi bildirishnomasini olmaganini ma’lum qildi va Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Vazirlik fuqarolarga Turkiyaga sayohat qilish uchun “hujjatlarni puxta tayyorlashni” va uchinchi davlatlarga tranzit uchun boshqa yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
LiveBarchasi