Tojikiston COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha mintaqada birinchi o‘ringa chiqib oldi

Salomatlik

image
Imomali Rahmon O‘zbekistonga keladi north_east

Imomali Rahmon O‘zbekistonga keladi

Tojikistonda 18 may kuni kechqurun koronavirus bilan kasallanish soni 1524 ga yetdi. COVID-19 tufayli vafot etganlar esa 39 nafarga yetgan. Bu haqda covid.tj yagona milliy portali xabar berdi.

Bu Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng katta ko‘rsatkichdir. Bungacha Qozogʼistonda halok bo‘lganlar soni bo‘yicha 34 kishi bilan birinchi o‘rinda edi. Keyin Qirg‘izistonda 14, O‘zbekistonda esa 13 kishi ushbu virusdan vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari yo‘q.

Biroq, ko‘plab ekspertlar postsovet mamlakatlarida o‘lganlar sonining to‘g‘riligini shubha ostiga olishmoqda. O‘tgan hafta "Financial Times" va "The New York Times" gazetalarida Rossiyada o‘lim darajasi, rasmiy ma’lumotlardan 70 foizga ko‘pligi haqida maqolalar chop etildi.

Tojikistonda kvtj.infosaytida virusdan vafot etganlarning alternativ ko‘rsatkichi berib borilmoqda. Saytga ko‘ra, joriy yilning 17 may kuni kechqurun 240 dan ortiq vafot etganlar qayd etilgan.

Shu bilan birga, Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu saytdagi ma’lumotlar ishonchli emasligini va faqat vazirlik statistikasi to‘g‘ri ekanligini hamda faqat unga ishonish kerakligini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, kasallar va vafot etganlarning soni kun sayin ortib borayotganiga qaramay, Tojikiston qo‘shni mamlakatlarda kuzatilgan profilaktika choralarini ko‘rishga shoshilmayapti. Jamoat transporti gavjum, odamlar hanuzgacha uyni tark etishmoqda. Lekin Dushanbe shahar hokimining ta’kidlashicha, fuqarolarning aksariyati karantindadir

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus uchun testlarni o‘tkazadigan bitta laboratoriya mavjud. Ushbu laboratoriya kuniga 250 tagacha sinov o‘tkazishi mumkin. Ushbu sur’atda davom etsa aholining kamida 1 foizini tekshirish uchun taxminan 400 kun kerak bo‘ladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Tojikistonda

Baholaganlar

1341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing