Imomali Rahmon O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Tojikiston rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining 16 oktyabr kuni Toshkentda o‘tadigan sammitida ishtirok etish uchun keladi.

Sammit kun tartibidan koronavirus natijasida yuzaga kelgan inqirozni bartaraf qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalalari joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, Imomali Rahmon so‘nggi bor 2019 yilning 28 noyabrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

612

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing