Tojikiston bosh muftiysini pichoqlagan shaxs ekstremizmda ayblanmoqda

Olam

image

2024 yilning kuzida Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzodaga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ekstremizmda ayblandi. Bu haqda muftiyning o‘ziga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.

Bugun, 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Abdulqodirzoda ish allaqachon sudga o‘tkazilgani va birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tganini aytgan.

“Men Alloh uni hidoyat qilsin, dedim. Hozirda sud jarayoni davom etmoqda. Sudning birinchi bosqichida meni chaqirishdi, lekin o‘sha paytda band bo‘lib, bora olmadim, shuning uchun o‘z vakilimni yubordim. Vakilimning aytishicha, bu odam qattiq yig‘lagan va pushaymon bo‘lgan. U sarosimaga tushgani, qo‘rqib ketgani, yo‘ldan ozdirgani va nima qilayotganini tushunmaganini aytgan. U uzr so‘radi va juda afsusda ekanini aytdi. Men u bilan hali uchrashmaganman", degan Tojikiston muftiysi. 

Muftiyga hujum 2024 yil 11 sentyabrda sodir bo‘lgan. Dushanbe markaziy masjidi yonida noma’lum shaxs Abdulqodirzodaga pichoq bilan hujum qilgan. Muftiy yaralangan. Avvaliga Ichki ishlar vazirligi hujum bezorilik niyatida sodir etilganini ma’lum qilgan. Hujum qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Hujumdan bir oy o‘tib Abdulqodirzoda “bu yigit ekstremistlardan biri bo‘lgan”ini aytdi.

Ma’lumot uchun, 61 yoshli Abdulqodirzoda 2010 yildan beri Ulamolar kengashini boshqarib keladi. Bu organ respublikadagi yagona fatvo – musulmon huquqi asosida har qanday masala bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yoz oylarida Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda “xorijiy kiyim”ni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagandi va milliy liboslar ham Islom normalariga mos kelishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Saidmukarram Abdulqodirzoda bosh muftiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing