Tojikiston hukumati futbolchilarini taqdirlashda davom etmoqda

Sport

image

Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Yoshlar ishlari va sport qo‘mitasi kecha, 14 fevral kuni o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilib, sport sohasida turli nominatsiyalar bo‘yicha laureatlarning nomini e’lon qildi.

Malayziyada bo‘lib o‘tgan “Merdeka kubogi” xalqaro turnirida g‘olib chiqqan Tojikiston milliy futbol terma jamoasi “2023 yilning eng yaxshi jamoasi” sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Tojikiston terma jamoasi xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt boshchiligida 2023 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, chorak final bosqichiga qadar yetib bordi va terma jamoa mamlakat sporti tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Bundan tashqari, Tojikiston futbol federatsiyasi 2023 yilda mamlakatning eng yaxshi sport federatsiyasi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa ustozi Petr Segrt Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun “Tojikistonning oliy toifali futbol murabbiyi” unvoniga sazovor bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Petr Segrt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing