Tojikiston AQSHdan oltita dron tizimini sotib oldi
Olam
−
17:31 1014 1 daqiqa
AQSH Tojikiston Milliy gvardiyasiga respublika chegaralari xavfsizligini ta’minlash uchun umumiy qiymati 2,3 million dollarlik oltita dron tizimini topshirdi. Bu haqda AQSHning Dushanbedagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan dron tizimlarini topshirish marosimida AQSHning Tojikistondagi muvaqqat ishlar vakili Joel Ortes va Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Bahriddin Azamatzoda ishtirok etgan.
Dron tizimi – bu nafaqat uchuvchisiz uchish apparatining o‘zini, balki yerdagi boshqaruv stansiyasi, aloqa kanallari, uchirish va qo‘ndirish uskunalari hamda dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan kompleks.
Elchixonaning bildirishicha, ushbu dron tizimlari Tojikiston Milliy gvardiyasiga aksilterror operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uzluksiz monitoring olib borish imkonini beradi.
“Ushbu uskuna shunchaki resurslarni topshirishdan ko‘proq narsani anglatadi. U mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘p yillar davomida ifodalab kelgan ishonch, sheriklik va umumiy maqsadlarni aks ettiradi”, deydi marosimda Ortes.
Xabarda, shuningdek, Amerika biznes hamjamiyati Tojikistonga dron tizimlaridan foydalanish va ularning samaradorligini oshirishda yordam berish uchun mahsulot va xizmatlar taqdim etishga tayyorligi qayd etilgan. Diplomatik missiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1992 yildan beri AQSH Tojikistonga xavfsizlik sohasida 600 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan.
Live
Barchasi