Folbinlar va sehrgarlarga nazorat kuchaytiriladi. Tojikistonda!
Olam
−
09:20 985 1 daqiqa
Tojikistonda xurofot, folbinlik, sehr-jodu va fuqarolarni aldashning boshqa ko‘rinishlariga qarshi kurashish maqsadida ushbu faoliyatga aloqador shaxslar maxsus ro‘yxatga olinadi. Bu haqda kecha, 21 oktyabr kuni mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, maxsus bazaga folbinlar, sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilar, o‘zini diniy ulamolar sifatida ko‘rsatuvchi ayrim shaxslar, fohishalar, ularning mijozlari va yaqinlari, giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar hamda mazkur faoliyatlarga aloqador boshqa shaxslarning ism-familiyalari kiritiladi. Ular doimiy nazorat ostida bo‘ladi.
Shuningdek, tegishli tuzilmalar so‘rov yuborgan taqdirda, ro‘yxatga kiritilgan shaxslar haqida ma’lumot taqdim etiladi.
“Vazirlik fuqarolarni ushbu toifadagi shaxslardan uzoq yurishga chaqiradi. Bu orqali ular maxsus ro‘yxatga tushib qolmasligi va farzandlari oldida o‘z nomiga dog‘ tushirmasligi kerak”, deyilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Din, an’ana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi duo o‘qish diniy marosimini o‘tkazishning yangi tartibini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi