Attraksionlar xavfsizligi ustidan nazorat kuçaytiriladi

O‘zbekiston

−

visibility472 timer3 daqiqa

image

Özbekistonda attraksionlar xavfsizligini ta’minlaş, baxtsiz hodisalarning oldini oliş va ulardan foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 25 noyabrdagi “Attraksionlar bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning profilaktikasini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 645-son qarorida belgilangan. 

Hujjatga muvofiq, attraksionlardan foydalanişda fuqarolarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, ularning işonçli işlaşini ta’minlaş hamda baxtsiz hodisalarning oldini oliş çoralari belgilangan. Jumladan, attraksion operatorlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş tizimi joriy etiladi. Bu fuqarolarning hayoti va soğliğiga yetkazilgan zararni qoplaşning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda majburiy suğurta tartibini işlab çiqib, hukumatga kiritadi.

Şuningdek, attraksionlarni import qiliş, röyxatga oliş, ulardan foydalanişga ruxsat beriş, texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligini nazorat qiliş jarayonlari töliq raqamlaştiriladi.

Attraksionlar majburiy texnik körikdan ötkaziladi

Hujjatda attraksionlarni hukumat qarori bilan belgilanadigan muddatlarda davriy texnik körikdan ötkaziş tizimini yölga qöyiş nazarda tutilgan. Bunday körikdan ötiş attraksiondan foydalanişga ruxsat olişning majburiy talabi hisoblanadi. Davriy texnik körikdan ötkazilmagan attraksionlardan foydalaniş ruxsat beriş talablari va şartlarini bir marta qöpol ravişda buziş deb topiladi.

Istirohat boğlari va boşqa köngiloçar maskanlar ma’muriyati öz hududida faqat tegişli ruxsatnomaga ega bölgan hamda belgilangan tartibda texnik körikdan ötkazilgan attraksionlardan foydalanişga ruxsat berişi şart.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi uç oy muddatda akkreditatsiya qilingan ixtisoslaşgan taşkilotlar tomonidan attraksionlarni texnik körikdan ötkaziş tartibini, şuningdek, uşbu taşkilotlar va ularning xodimlariga qöyiladigan talablarni işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Attraksionlar xavfsizligini baholaş tizimi joriy etiladi

Attraksionlar xavfsizligi böyiça muvofiqlikni baholaş tizimini yölga qöyiş maqsadida «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi akkreditatsiyadan ötkaziladi. Bundan taşqari, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi Bojxona qömitasi bilan birgalikda 3 oy muddatda axborot tizimlarini integratsiya qiladi. Natijada Özbekiston hududiga olib kirilayotgan biomexanik xavfning I, II va III darajalariga ega attraksionlar haqidagi ma’lumotlarni elektron şaklda özaro almaşiş tizimi yölga qöyiladi.

Attraksion operatorlari maxsus öquv kurslarida öqitiladi

Qarorga köra, attraksion operatorlarini qisqa muddatli öquv kurslarida tayyorlaş Kasbiy ta’lim agentligi texnikumlarida taşkil etiladi. Öqitiş xarajatlari buyurtmaçi mablağlari hisobidan qoplanadi.
Öquv dasturlari Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi bilan kelişilgan holda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Qisqa muddatli öquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovçilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Uşbu sertifikat attraksiondan foydalaniş uçun ruxsatnoma olişda taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing