Narkotik moddalar muomalasi nazorati uçun elektron tizim joriy etiladi

Jamiyat

−

image

Adliya vazirligi tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, şu bilan birga, sanoat maqsadlarida kannabis ösimligini yetiştiriş faoliyati ustidan nazoratni amalga oşirişda “Xavfni tahlil qiliş” elektron tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom davlat röyxatidan ötkazildi. Unda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfini avtomatlaştirilgan tarzda baholaş, ularni xavf darajasiga qarab toifalarga ajratiş hamda tekşiruvlarni taşkil etiş tartibi belgilangan. Hujjat 2026 yil 5 noyabr kuni 3968-son bilan röyxatga olingan.

Hujjatga köra, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfini avtomatlaştirilgan tarzda baholaş mexanizmi joriy etiladi. Xavf darajasini aniqlaşda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari va boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda xavfni tahlil qiliş jarayonida tadbirkorlik sub’ektlaridan qöşimça hujjat va ma’lumotlar talab qilişga yöl qöyilmaydi.

Şuningdek, xavf darajasini baholaş giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, şuningdek, sanoat maqsadlarida kannabis ösimligini yetiştiriş faoliyati ustidan nazorat yönalişlari böyiça alohida mezonlar asosida amalga oşiriladi. Qonunçilik buzilişi xavfi darajasi yuqori, örta va past toifalarga ajratiladi.

Yuqori va örta xavf toifasiga kiruvçi tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika tadbirlari hamda tekşiruvlar qonunçilikda belgilangan tartibda taşkil etiladi. Past xavf toifasiga kiruvçi tadbirkorlik sub’ektlarida esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.

Bundan taşqari, elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan töğridan-töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos hisoblanmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing