Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq tozalandi, u nazoratimiz ostida – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozi minalardan to‘liq tozalanganini va bo‘g‘oz 100 foiz AQSH harbiy-dengiz kuchlari nazoratida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyning Oval ofisida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida so‘z ochdi.

Tramp Hormuz bo‘g‘ozidan faqat AQSH ruxsat bergan tankerlar o‘ta olayotganini, boshqa kemalar esa blokadaga duch kelayotganini aytib, shunday degan:

“Minalarni to‘liq tozaladik. Hormuz bo‘g‘ozi hozir ochiq va 100 foiz bizning harbiy-dengiz kuchlarimiz nazoratida”.

U Eron iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda ekanini, biroq uning harbiy salohiyati hali ham muammo tug‘dirishi mumkinligini qayd etgan. Shuningdek, agar kelishuvga erishilmasa, Eronga katta hujum uyushtirish ehtimoli borligini bildirgan.

Tramp Oval ofisida o‘tkazgan matbuot anjumanidan so‘ng Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan fikr bildirgan. U Eron iqtisodiy jihatdan juda og‘ir ahvolda ekanini, hatto o‘z harbiylariga ham maosh to‘lay olmayotganini da’vo qilgan. Shunga qaramay, Eronning harbiy jihatdan Hormuz bo‘g‘ozida hali ham muammo tug‘dirish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Tramp Eron bilan kelishuvga erisha olmasa, mamlakatga qarshi katta hujum uyushtirish imkoniyati mavjudligini ham aytgan.

“Buni tez orada ko‘rasiz. Agar buni amalga oshirishni istasak, bunga imkoniyatimiz bor”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Erondan amerikalik harbiylarning halok bo‘lgani uchun tovon puli undirish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing