Tojik-qirg‘iz mojarosi: tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

Olam

image
Qirg‘izlar va tojiklar nimani bo‘lisholmayapti? Bishkekda namoyish boshlandi north_east

Qirg‘izlar va tojiklar nimani bo‘lisholmayapti? Bishkekda namoyish boshlandi

Joriy yilning 28-29 aprel kunlarida qirg‘iz-tojik chegarasida ro‘y bergan hodisalar munosabati bilan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Qozoqboyev va Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin hamda boshqa vakillar ishtirokida muzokara o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilnishicha, tomonlar mahalliy vaqt bilan soat 20:00dan (Toshkent vaqti bilan soat 21:00) o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni avvalgi joylariga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘z o‘rnida, Qirg‘iziston tomoni “begona hududlarga da’vo qilmasligini va o‘z yerlarini hech kim bilan bo‘lishmasligini” ta’kidlagan. 

“Shu nuqtai nazardan, vazir Ruslan Qozoqboyev barcha chegara va iqtisodiy masalalar qirg‘iz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat delegatsiyalari doirasida, yuqori darajadagi vakillar ishtirokida muzokara stolida hal qilinishi kerakligini ta’kidladi”, deyiladi Qirg‘iziston TIV xabarida. 

Qirg‘iziston tomoni ikki davlat o‘rtasida, ayniqsa chegara hududida ishonchni mustahkamlash, chegaraoldi hududlarida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish va mahalliy aholi o‘rtasida ziddiyatlarni oshirishga qaratilgan har qanday harakatlarni to‘xtatish muhimligini ta’kidlagan.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro

Joriy yilning 17 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi. Bunga Qirg‘iziston tomoni Tojikiston bilan kelishmasdan ikki davlat uchun umumiy bo‘lgan asosiy suv taqsimlash inshooti – “Golovnaya” oldida ko‘prik qurish harakatini boshlagani sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Tojikiston tomoni “Golovnaya” suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o‘rnatishni boshlagan. Bundan norozi bo‘lgan qirg‘izlar kameralarni olib tashlashni so‘ragan. Shu bilan 28 aprel kuni ikki tomon o‘rtasida dastlab, og‘zaki haqorat va aytishuvlar so‘ngra, bir-biriga tosh otish boshlangan.

Keyinchalik mojaroga ikki tomon chegara qo‘shinlarining aralashuvi oqibatida toshbo‘ron otishmaga aylanib ketdi. Vaziyatning keskinlashishi ortidan ikki mamlakat chegara tomon qo‘shimcha harbiy bo‘linmalar yubordi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 29 aprel kuni Qirg‘iziston hukumati a’zolari bilan Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bishkekda esa botkenliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyish boshlandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston ikki qo‘shni respublika chegarasidagi mojaroga munosabat bildirib, tomonlarni to‘qnashuvlarni darhol tugatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma choralarni ko‘rish va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made