Toyota Xitoyda o‘z ishini tikladi

Olam

image

Yaponiyaning avtomobil konserni Toyota Xitoydagi to‘rtta zavodining ishini qayta tikladi. Ular koronavirus sabab yopilgan edi. Bu haqida NHK telekanali xabar bermoqda. 

To‘rtta zavodning oxirgisi Chendu shahrida ishga tushirildi. Ammo ishlab chiqarish hajmi oldingiga qaraganda yarim miqdorni hosil qilmoqda.

Avvalroq kompaniya Tyanszin, Guanchjou va Chanchundagi zavodlarini ishga tushirgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusga chalinganlar soni 77 ming kishidan oshdi, 2592 kishi vafot etdi, 24,7 mingdan ortig‘i davolanib chiqdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari 28 mamlakatda kasallik holati aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Toyota

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing