“Tottenxem” Keynni olib qolishning yo‘llarini izlamoqda

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi jamoa sardori Xarri Keynni o‘z safida saqlab qolish uchun unga klubdan lavozim taklif qilmoqchi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli hujumchining transferiga “Bavariya” va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining “shporlar” bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

“Tottenxem” rahbari Deniel Levi hujumchini sotishni istamayapti. London klubi Keynning narxini 120 million funt sterling qilib belgilagan. Bundan tashqari, londonliklar rahbariyati Keyn bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirish uchun “Tottenxem” unga faoliyatini yakunlagandan so‘ng klubdan ish o‘rni ajratmoqchi. Shuningdek, Xarrining maoshi haftasiga 400 ming funt sterlinggacha oshirilishi mumkin.

Keyn o‘tgan mavsumda APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Xarri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing