“Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar e’lon qilindi

Sport

image

“Goal” nashri 2026 yilgi “Oltin to‘p” sovriniga da’vogar futbolchilar reytingini yangiladi. Reytingda “Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe joylashgan. Kuchli uchlikni “Manchester Siti” forvardi Erling Holand yakunlab bergan.

Top-10 quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Xarri Keyn (“Bavariya”);
  2. Kilian Mbappe (“Real”);
  3. Erling Holand (“Manchester Siti”);
  4. Lamin Yamal (“Barselona”);
  5. Maykl Olise (“Bavariya”);
  6. Vitinya (PSJ);
  7. Deklan Rays (“Arsenal”);
  8. Luis Dias (“Bavariya”);
  9. Rafinya (“Barselona”);
  10. Lionel Messi (“Inter Mayami”).

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda “Oltin to‘p” sovrini PSJ futbolchisi Usmon Dembelega nasib etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin to'p Xarri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing