Bugun “Oltin töp” taqdirlaş marosimi bölib ötadi
Sport
−
15:22 2205 2 daqiqa
Bugun, 26 oktyabr kuni 2026 yilgi “Oltin töp” taqdirlaş marosimi bölib ötadi. Tantanali tadbir Londondagi Palladium teatrida taşkil etiladi. Bu yilgi marosim futbol olamidagi nufuzli mukofotning 70 yilligiga bağişlangan.
Taqdirlaş marosimi tarixda ilk bor Buyuk Britaniya poytaxtida taşkil etiladi. Keçaning asosiy voqeasi yilning eng yaxşi futbolçisi nomini e’lon qiliş böladi. Tadbirning jonli translyatsiyasi Toşkent vaqti bilan soat 01:00 da boşlanadi.
1956 yilda “France Football” jurnali tomonidan ta’sis etilgan “Oltin töp” mukofoti bu yil özining 70 yilligini nişonlamoqda. Taqdirlaş marosimi uçun London şahri tanlangan. Bu qarorga mukofotning ilk sohibi ingliz futbolçisi ser Stenli Mettyus bölgani sabab sifatida körsatilmoqda.
Marosimni Fransiya terma jamoasining sobiq hujumçisi Terri Anri olib boradi. Qizil gilamdan ötiş marosimi Toşkent vaqti bilan soat 23:00 da boşlanadi. Keça davomida erkaklar va ayollar örtasidagi “Oltin töp” sohiblari, yilning eng yaxşi yoş futbolçilari, darvozabonlari, murabbiylari, hujumçilari hamda klublari aniqlanadi.
Marosimda yilning eng yaxşi yoş futbolçisi böliş uçun Kerim Alaybegoviç, Ayyub Buaaddi, Pau Kubarsi, Yan Diomande, Lennart Karl, Eli Junior Krupi, Lamin Yamal, Yoxan Manzambi, Ibrohim Maza va Uorren Zair-Emeri nomzodlar qatorida joy olgan.
Bundan taşqari, Mikel Arteta, Luis de la Fuente, Unai Emeri, Vensan Kompani va Luis Enrikelar yilning eng yaxşi murabbiyi sovrini uçun nomzod qilib körsatilgan.
Şuningdek, keçaning asosiy sovrini, yilning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Oltin töp-2026” mukofotida quyidagi futbolçilar nomzodlar qatoridan joy olgan:
Ma’lumot uçun, 2025 yilgi “Oltin töp” mukofoti Fransiya va “Pari Sen-Jermen” hujumçisi Usmon Dembelega nasib etgandi. U ovoz beriş natijalariga köra 1380 oçko töplagan.
Live
Barchasi