Messi “Oltin to‘p” marosimida ishtirok etadi – OAV
Sport
−
20:05 842 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Lionel Messi va uning oilasi joriy yilning 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida qatnashishini tasdiqladi. Bu haqda “LiveScore” nashri xabar berdi.
“Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Hozirga kelib, ovoz berish jarayoni yakunlangan, biroq tashkilotchilar so‘nggi yillarda g‘olib nomini marosimga qadar sir saqlashga harakat qilmoqda.
Avvallari natijalar matbuotga tez-tez sizib chiqardi. Chunki o‘sha paytlarda “Oltin to‘p” sohibi “France Football” nashriga intervyu berib, marosimdan oldin maxsus fotosessiyada ishtirok etardi.
Ma’lumot uchun, Messi 17 bora “Oltin to‘p” uchun yakuniy nomzodlar qatoridan joy oldi. Bu borada faqat Krishtianu Ronaldu (18 marotaba) undan yaxshiroq natijaga ega. Argentinalik futbolchi hozirgacha sakkiz marta ushbu sovringa sazovor bo‘lgan – bu rekord natija hisoblanadi. Messi navbatdagi mukofotga, asosan, Jahon chempionatidagi ajoyib o‘yini tufayli asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.
Live
Barchasi