Keyn ingliz futbolchilarining YeCHLdagi 33 yillik natijasini takrorladi
Sport
−
18 Sentabr
1483“Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) 1-tur uchrashuvida Zagrebning “Dinamo” klubi darvozasiga 4 ta gol urib, 33 yil ichida musobaqada poker qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta Sport” xabar berdi.
Bungacha “Arsenal”ning sobiq hujumchisi Alan Smit tomonidan 1991 yilda asosiy YeCHLda poker qayd etilgan. O‘shanda ingliz futbolchisi Venaning “Austriya” jamoasi darvozasiga 4 ta to‘p kiritgan.
Shuningdek, Keyn Yevropaning asosiy klub turnirida 3 ta penalti tepib, xet-trik qilgan birinchi futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Xarri Keyn 2023 yilning yozida “Tottenxem”dan “Bavariya”ga o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
LiveBarchasi