Gollar “yomg‘iri”: Parijdagi uchrashuvda PSJ “Bavariya”ni yengdi

Sport

image

PSJ Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida “Bavariya” ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Parijdagi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limning o‘zida jamoalar beshta gol urdi va bu turnir yarim finallari tarixidagi ilk voqea sifatida qayd etildi.

Parijliklar safida Xvicha Kvaratsxeliya va Usmon Dembele dubl qayd etishdi (Dembele gollaridan birini penaltidan urdi). Maydon egalarining yana bir goliga Joau Nevesh mualliflik qildi. Myunxenliklar tarkibida esa Xarri Keyn (penaltidan), Maykl Olise, Dayo Upamekano va Luis Dias o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, PSJ va “Bavariya” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda “Atletiko” – ”Arsenal” qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Bavariya Chempionlar Ligasi Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing