Bellingem Arbeloadan norozi
Sport
−
13:54 728 1 daqiqa
“Real Madrid” yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoasining Yevropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvidan o‘rin olgan “Bavariya”ga (1:2) qarshi o‘yinni zaxiradan boshlaganidan norozi. Bu haqida “The Touchline” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, u o‘zini to‘liq tayyor va formada deb hisoblagan va agar to‘liq 90 daqiqa o‘ynaganida, o‘yinga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, jamoasiga g‘alaba qozonishga yordam berishi mumkin deb o‘ylagan.
Ma’lumot o‘rnida, “Bavariya” — “Real Madrid” o‘rtasidagi javob o‘yini 15 aprel kuni Myunxenagi “Allianz Arena” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” muxlislari Kilian Mbappeni yugurishda sustkashlik qilishda va himoyaviy vazifalarini bajarmaslikda tanqid qilgandi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi