“Real” futbolçilari “Valensiya” bilan öyinda xavfsizlik xodimlari bilan janjallaşdi

Sport

−

image

Ispaniya çempionatining 12-turidan örin olgan “Valensiya”ga qarşi uçraşuvning tanaffusida “Real Madrid” futbolçilari Jud Bellingem va Antonio Ryudiger xavfsizlik xodimlari bilan janjallaşdi. Bu haqda AS naşri xabar berdi.

Joriy yilning 7 noyabr kuni “Mestalya” stadionida bölib ötgan uçraşuv 3:0 hisobida “Real Madrid” foydasiga yakunlandi.

Manbaga köra, birinçi bölimdan söng stadionning tunnel qismida janjal kelib çiqqan. Bellingem xavfsizlik xodimlaridan birini muştlagan, Ryudiger esa boşqasiga tarsaki tuşirgan. Xabar qilinişiça, mojaroga Bellingem va “Real Madrid” himoyaçisi Eder Militaoning “Valensiya” futbolçilariga nisbatan haqoratli sözlar işlatgani sabab bölgan bölişi mumkin.

“Marca” naşrining xabar berişiça, boş hakam uçraşuvdan keyingi rasmiy hisobotida uşbu voqea tafsilotlarini qayd etmagan. Biroq u “Valensiya” sport direktori Braulio Vaskesning qoidabuzarlik tufayli yordamçisi bilan yuz bergan mojaroli harakatlarini hisobotga kiritgan.

Ma’lumot uçun, La Liga 12-turidan söng Kataloniyaning “Barselona” jamoasi 33 oçko bilan turnir jadvalida yetakçilik qilmoqda. Ularning eng yaqin ta’qibçisi “Real Madrid” esa 30 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing