“Real” yulduzlari 12 ta öyinga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin

Sport

−

image

“Real Madrid” yarim himoyaçisi Jud Bellingem va himoyaçisi Antonio Ryudiger Ispaniya çempionatining 12-turida “Valensiya”ga qarşi uçraşuvda yuz bergan voqea sababli jiddiy intizomiy jazoga tortilişi mumkin. Bu haqda “The Touchline” naşri xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, mojaro “Real Madrid” va “Valensiya” örtasidagi uçraşuvning birinçi bölimidan keyin yuz bergan. Stadion tunnelida ikki jamoa vakillari örtasida janjal kelib çiqqan. Hodisa vaqtida “Real Madrid”ning ikki futbolçisi jismoniy kuç işlatgan bölişi mumkin.

Xabarlarga köra, angliyalik yarim himoyaçi Jud Bellingem xavfsizlik xodimlaridan birini urgan. Germaniyalik himoyaçi Antonio Ryudiger esa mojaroni bartaraf etişga uringan boşqa bir stadion xodimiga tarsaki tuşirganlikda gumon qilinmoqda.

Hodisaning barça tafsilotlari hozirça noma’lum. Futbolçilar yoki intizomiy organlar tomonidan uşbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Mahalliy OAV xabarlariga köra, “Valensiya” klubida tunnelda sodir bölgan voqeaning videotasvirlari bölişi mumkin.

Agar jismoniy kuç işlatilgani haqidagi da’volar tasdiqlansa va intizomiy organlar qoidabuzarliklarni aniqlasa, futbolçilar 4 tadan 12 tagaça öyinga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin. Biroq bu hozirça rasmiy qaror emas.

Agar Bellingem va Ryudiger uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinsa, Madrid klubi ikki asosiy futbolçisidan ma’lum muddatga ayrilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Ispaniya çempionatining 12-turidan örin olgan “Valensiya” va “Real Madrid” uçraşuvi 3:0 hisobida madridliklar foydasiga yakunlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing