“Tottenxem” va “Lester”ning kuni boshimizga tushishini istamaymiz – Gvardiola 

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli jamoasi o‘yinchilarini Rojdestvo kechalariga bormaslik haqida ogohlantirdi.

“Futbolchilar ziyofatlarga borishdan ehtiyot bo‘lish va imkon qadar ko‘proq vaqtni uyda o‘tkazish kerakligini yaxshi bilishadi. Ular masofani saqlashlari, niqob taqib, imkon qadar tezroq qaytishlari kerak. Hukumat tomonidan chiqarilayotgan statistik ma’lumotlar va qoidalarga qarang. Afsuski, koronavirus hali ham biz bilan. Vaziyat yomonlashmoqda, shuning uchun o‘zimizni himoya qilsak arziydi, chunki Rojdestvo davrida bayramlar odatdagidan ko‘proq bo‘ladi”, deydi Gvardiola.

Shuningdek, Gvardiola bir yil ichida jamoada nimalar o‘zgargani haqida aytib o‘tdi:

“O‘ylaymanki, vaziyat o‘tgan mavsumdagidan butunlay boshqacha. Masalan, klub har qish mavsumida barcha xodimlar uchun ziyofat uyushtirar edi. Ammo uni bekor qildik. Futbolchilarning oilaviy ishlariga aralasha olmaymiz, buni taqiqlab bo‘lmaydi. “Tottenxem” va “Lester”ning kuni boshimizga tushishini istamaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Pep Gvardiola Angliya premer ligasining 14-turida turnirdagi 150-g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu natijaga erishish uchun ispaniyalik mutaxassis 204 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu turnirning rekordi hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Lester Rojdestvo Koronavirus Gvardiola Manchester Siti”

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing