Toshketda avtobuslarning oraliq interval vaqtlari o‘zgarishi mumkin

Jamiyat

image

Bugun, 5 dekabr kuni Toshkentda yog‘ayotgan qor hamda yo‘llarda hosil bo‘lgan muzlamalar sababli jamoat transportining qatnov va oraliq intervali ortishi mumkin. Bu haqda Toshshahartransxizmat matbuot xizmati ogohlantirdi.

“Ob-havoning keskin o‘zgargani, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli, barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qat’iy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Toshshahartransxizmat avtobuslarning qatnov va oraliq intervalining o‘zgarishini yo‘llarda harakatlanishning noqulayligi bilan izohlagan.

“Shu bilan birga noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining ko‘cha-yo‘llarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahrida gaz bosimining pasayib ketishi oqibatida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, poytaxt Toshkentda jami 1320 ta avtobus mavjud. Ulardan 1025 tasi dizelda (78%), 275 tasi gazda (21%), 20 tasi esa elektrda (elektrobus) (2%) harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing