“Toshshahartransxizmat” AJga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Aziz Majidovich Xo‘janov “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda u tayinlangan tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.

U ushbu tayinlovga qadar Transport vazirligi Ijro intizomi va nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

“Toshshahartransxizmat” AJni shu paytgacha 2024 yilning noyabr oyida lavozimga tayinlangan Sanjar Sattorov boshqarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning fevral oyida “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi. DXX xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev avtobus saroyi filiallari rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazgan. Yaqinda davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlar uchun 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan “Toshshahartransxizmat” AJning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ozodlikka chiqarilgani xabar qilingandi. Bu holat keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Oliy sud bu boradagi rasmiy bayonotini e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat Aziz Xo'janov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing