“Toshshahartransxizmat”ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari ozodlikka chiqarildi

3-sahifa

image

Joriy yil fevral oyida sud hukmi bilan davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi kabi moddalarda aybdor deb topilib, 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ozodlikka chiqarildi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Mazkur ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan va Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atining 2025 yil 5 iyundagi ajrimi bilan Anvar Jo‘rayevga chiqarilgan birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgartirilgan. Anvar Jo‘rayev 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan. Unga yashash joyini hukmning ijrosini nazorat qiluvchi organ ruxsatisiz o‘zgartirmaslik, O‘zbekistondan tashqariga chiqmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlarda ishtirok etmaslik kabi taqiqlar yuklatilgan. Anvar Jo‘rayevga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalidan ozod qilingan.

Jo‘rayevning o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdujamil Azizovga ham 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan. U ham sud zalidan qamoqdan ozod etilgan.

Shuningdek, sud ajrimi bilan jinoyat ishi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boshqa sudlanuvchilarga ham ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan. Ayrimlardan pul undirilishi, ko‘chmas mulklari davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning fevral oyida “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi. DXX xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev avtobus saroyi filiallari rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat Anvar Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing