Toshkentga kiritilayotgan 840 mln so‘mlik taqiqlangan texnik uskunalar ushlab qolindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida xorijdan olib kirilishi taqiqlangan 840 million so‘mlik uskunalar ushlab qolindi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat “Arkbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan aniqlangan. Poytaxtda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan 14 dona “transformator qismlari” xodimlar tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida qiymati 840 mln so‘mni tashkil etuvchi transformator qismlarida, yorliqlarida 2009 yilda ishlab chiqarilganligi muqaddam foydalanishda bo‘lganligi oshkor bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 avgustdagi tegishli qaroriga ko‘ra, shu yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent taqiqlangan texnik uskunalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing