Toshkentga kelgan Saudiya shahzodasi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Jamiyat

image_2021-07-16_17-58-16

Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Al-Saudni qabul qildi.

Davlat rahbari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanayotgani — o‘zaro muloqot faollashib, ilk yirik investitsiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasidagi loyihalar ilgari surilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Faysal bin Farxon O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Al-Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelish taklifini yana bir bor tasdiqladi.

Saudiya tomoni O‘zbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligini kuchaytirish borasidagi o‘z vaqtida ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘makni yuksak baholashi va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlandi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarning kun tartibini boyitish, O‘zbekiston–Saudiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish maqsadida yangi loyiha va tadbirlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, bungacha Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi,Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin hamda Qirg‘izistonning Iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarov bo‘lgan edi. Qabul marosimi davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing