Toshkentga kelgan Eron rasmiysi dunyodagi beqarorlikda AQSHni aybladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlarning terrorizmni yaxshi va yomonga ajratishi dunyodagi beqarorlik sababidir. Bu haqda Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev bilan uchrashuvda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kani ma’lum qildi. 

“Amerikaning terrorizmni yaxshi va yomonga ajratishi dunyodagi beqarorlikning sababidir. AQSHning bir tomonlama yondashuvi dunyoda tinchlik o‘rnatishga qodir bo‘lmasa-da, SHHT terrorizmga qarshi kurashda o‘zining munosibligini isbotladi”, deb yozgan “Fars” agentligi. 

31 yanvar kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston poytaxtida SHHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. 

SHHT 2001 yilda tashkil topgan. Unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo, Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 2023 yilning iyul oyida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘ldi, Belarus esa tashkilotga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. 

SHHT MATT shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ShHT Ali Bageri Kani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing