Toshkentdagi yirik yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu yong‘inda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 15:47 da Parkent ko‘chasida joylashgan “Aviator” binosi yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borgan.

Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in soat 16:50 da qurshab olinib, 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan.

Vazirlik dastlab yong‘in oqibatida hech kim halok bo‘lmaganini ochiqlagandi, ammo ijtimoiy tarmoqlarda yong‘inda bolakay halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandan so‘ng vazirlik qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.

Hozircha vafot etgan shaxsning yoshi va jinsi haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod Aviator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing