Toshkentdagi “O‘rikzor”, “Yunusobod” va “Malika” bozorlari yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘rikzor”, “Yunusobod” dehqon bozori va “Malika” (“Fleshka”) kabi bozorlarning yopilgani haqida turli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahri hokimligi Matbuot xizmati bilan bog‘landik.

“Haqiqatan ham Toshkent shahridagi ayrim buyum va oziq-ovqat do‘konlari yopildi. Hozircha, boshqa ma’lumot yo‘q. Yangilik bo‘lishi bilan xabardor qilamiz”, dedi hokimlikdagi manba.

Ma’lumot o‘rnida, “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisida koronavirus aniqlangach, bozor epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazish hamda kasallik tarqalishining oldini olish, bozorda epidemiyaga qarshi va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish hamda ta’mirlash, sanitar tozalash va zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish maqsadida tuman hokimligi bilan kelishilgan holda, bozor ma’muriyati tomonidan savdo majmuasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

So‘ngra 14 kunlik karantindan so‘ng, 4 iyun kuni bozor faoliyati qayta tiklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bozor

Baholaganlar

570

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing