Toshkentdagi uchta yo‘l 10 kunga yopilyapti

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentdagi uchta yo‘l ertaga, 17 oktyabrdan e’tiboran 10 kunga yopilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari sababli joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 00:00 dan 27 oktyabr kuniga qadar quyidagi yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi:
 
— Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Compass SKMga o‘tuvchi yo‘l;
—Compass SKM yaqinidagi ko‘prik ostidagi qaytish yo‘li (razvorot);
— TXAYdan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiquvchi yo‘l.

“Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimligi

Baholaganlar

190

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing