Shavkat Umurzoqovga yangi maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

image

Fathulla Ubaydullayevich Nig‘monov Toshkent shahar hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari – poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning yangi maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligining axborot xizmati xabar berdi.

Fathulla Nig‘monov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2012 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini geodezik hisoblash va boshqa tarmoqlar muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Nig‘monov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

U mehnat faoliyati davomida Yunusobod tumani hokimligida turli mas’ul lavozimlarda, Bektemir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining 10 ta tumani hokimiga nisbatan korrupsion holatlar nazoratini amalga oshirish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing