Poytaxt hokimligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
04 avgust 2852 1 daqiqa
Saidazimxon Bo‘riyevich To‘laganov Toshkent shahar hokimligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligining axborot xizmati xabar berdi.
Saidazimxon To‘laganov 1993 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2023 yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Shuningdek, u Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi hisoblanadi.
Tulaganov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasining ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha direktor yordamchisi lavozimida ishlagan.
U mehnat faoliyati davomida Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hokimliklarida turli mas’ul lavozimlarda, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi apparati rahbari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, qurilish va infratuzilma sohasidagi tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fathulla Ubaydullayevich Nig‘monov Toshkent shahar hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari – poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning yangi maslahatchisi etib tayinlan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust