Toshkentdagi to‘yda kelin va yana 12 kishi koronavirus yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda kelin va 12 nafar ishtirokchi koronavirusga chalindi. Yuzlab odamlar karantinga olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro ikki nafar farzandini to‘rt kun ichida ketma-ket o‘tkazgan nikoh to‘yi sabab ham kelin, ham 12 nafar marosim ishtirokchisi ushbu infeksiyaga chalinadi. Ayni paytda ko‘plab odamlar ushbu infeksiyani yuqtirib olganlikda gumon qilinib, tahlil natijalarini kutmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirok etgan va ular bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar, o‘nlab oila a’zolari COVID-19 ga tahlil olinib, statsionar va uy karantinida tibbiy kuzatuvga olingan. Epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

“Ko‘rib turganingizdek, ehtiyot choralari ko‘rilmas ekan, ba’zi holatlarda  tug‘ilgan kun, to‘y va boshqa shu kabi tadbirlar fuqarolarning ommaviy kasallikni yuqtirib olishiga sabab bo‘lmoqda. Bu barchamizdan zarurat bo‘lmaganda ommaviy va oilaviy tadbirlar o‘tkazishdan hamda unda ishtirok etishdan vaqtinchalik  tiyilib turishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘zimiz va yaqinlarimizning salomatligi uchun bebaho qoida ekanligini unutmasligimiz kerak”, deyiladi SSV xabarida.

Vazirlik xulosa o‘rnida shu kunlarda Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida koronavirusga chalingan 49 yoshli bemorni nafas yetishmovchiligidan qanchalik qiynalayotganligi haqidagi 10 soniyalik video lavhani taqdim etgan


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing