Toshkentdagi “shashlikxona”lar ommaviy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 19 fevraldan Toshkent shahrida tandir, pech va mangalda ovqat tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari ustidan nazorat kuchaytirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, sanitariya va ekologiya talablari asosida somsaxonalar, kabobxonalar va boshqa ovqatlanish nuqtalarida reydlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar davomida tutun chiqarish va filtrlash tizimisiz ishlayotgan, chiqindilarni to‘g‘ri tozalashni yo‘lga qo‘ymagan, tandir va mangallarni piyodalar yo‘lagi yoki turar-joy binolariga yaqin joylashtirgan shoxobchalar aniqlanmoqda.

Talablarga javob bermaydigan ob’ektlar kamchiliklari bartaraf etilib, faoliyati qonun hujjatlariga moslashtirilgunga qadar vaqtincha yopiladi.

Hokimlikka ko‘ra, zamonaviy tutun chiqarish va filtrlash tizimlarining yo‘qligi aholi salomatligiga zarar yetkazishi, shahar ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda havoni iflos qilib kelgan cho‘chqaxona aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent sanitariya va ekologiya fil'trlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing