Toshkentdagi Rossiya oliygohi urush targ‘iboti haqidagi xabarlarga munosabat berdi
Jamiyat
−
14 aprel
8067Avvalroq, Gubkin nomidagi Rossiya davtlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida Ukrainaga bosqin targ‘iboti ketayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu munosabat bilan Rossiya davtlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
“Murojaatda nomi tilga olingan shaxs Filial talabalari tarkibida mavjud emasligi aniqlandi.
Shuningdek, murojaatda keltirilgan dars jarayonlaridagi “targ‘ibot ishlari” haqidagi ma’lumotlar asossiz ekanligi, ya’ni ular haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Filialda ta’lim jarayoni belgilangan o‘quv rejasi va fanlar dasturi asosida tashkil etilgan”, deyiladi filial matbuot xizmatining bayonotida.
Rossiya universitetining Toshkentdagi filiali ma’muriyati ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishga doimo tayyorligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldiroq o‘zini Gubkin nomidagi Rossiya davlat universitetining Toshkentdagi filiali talabasi Muhidjon sifatida tanishtirgan shaxs “Meduza” nashriga Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangandan buyon universitetdagi maruzalarda bu harakatni qo‘llab-quvvatlash mazmunidagi fikrlar ilgari surilganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, keksa bir shaxs tomonidan har hafta o‘tkaziladigan maruzalarda Rossiya Federatsiyasi qo‘shini Ukrainada amalga oshirayotgan harakatlari maqtaladi. Shuningdek, univeritetda doimiy tarzda Lenin me’rosi va “Buyuk rus shovinizmi” haqida ijobiy fikrlar yangraydi.
LiveBarchasi