Toshkentdagi prof boks kechasida kimlar ringga ko‘tariladi?
Sport
−
01 dekabr 2021
3139Joriy yilning 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi Toshkentda o‘tkaziladigan professional boks oqshomini rasman e’lon qildi.
Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog‘onani egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.
Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G‘iyosov (11-0-0), Hasanboy Do‘smatov (3-0-0), Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1-1), Iqboljon Xoldorov (1-0-0), Elnur Abduraimov (7-0-0) va prof boksda debyut qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Isroil Madrimov – Mishel Soro (35-2-1 24 KO)
Shahram G‘iyosov – Kristian Koria (29-8-2, 13 KO)
Hasanboy Do‘smatov – Hose Rivas (18-12-4, 10 KO)
Bektemir Meliqo‘ziyev – Sergey Yekimov (18-3, 9 KO)
Iqboljon Xoldarov – Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4 KO)
Elnur Abduraimov – Jon Gemino (22-12-1, 12 KO)
Dilshod Ro‘zmetov – Maksim Smirnov (8-10-3, 4 KO)
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosovning raqibi Koria 39 yoshda, Meliqo‘ziyev esa ilk bor Toshkentda jang qiladi, Xoldorov esa Shohjahon Ergashevning sobiq raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
LiveBarchasi