Toshkentdagi mis sexda yuz bergan portlashda bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, sexning bir qavatli bostirmasi (angar)da texnologik jarayonni buzilishi sababli portlash hodisasi sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Oqibatda sexning tom qismi konstruksiyalarining qulab tushishi va 50 kvadrat metr maydonda ichki qismi va dastgohlarining yonishiga olib kelgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV va shahar FVB rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari va boshqa tegishli tashkilotlar hodimlari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan va 16 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 14 iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tsex portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing