Toshkentdagi maktablarda “sariq kasal”ga chalinish holatlari aniqlandi
Jamiyat
−
04 dekabr
1770Toshkent shahridagi 214- va 65-maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, boshqarmaning Mirobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida virusli gepatit A kasalligi aniqlangani sababli epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati o‘tkazilgan.
Nazorat davomida:
- o‘quvchilar va ishchi xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik xulosalari;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
- maktab binosida, sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
- isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilganligi;
- hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinganligi hamda qo‘l yuvish moslamalari va oqava suv tizimining soz holatdaligi to‘liq o‘rganilib, tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida xavfli virus tarqalayotgani, ba’zida kasallik pnevmoniya bilan murakkablashayotgani va virus ko‘pincha bolalarga ta’sir qilib, ularda pnevmoniyaga olib kelayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirib, bunday xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr