Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi birinchi ish kunidan 6-sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishcha, holat joriy yilning 23 sentyabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 6-“V” sinfida rus tili fani darsida o‘qituvchi R.O.ga o‘quvchi E.G. gap qaytargan va tortishib qolgan.

So‘ngra o‘qituvchi R.O. o‘quvchi E.G.ni qulog‘idan cho‘zgan, o‘tirgan joyidan tortib olib chiqqan va o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Videoda o‘qituvchi bolani kurakda turmaydigan gaplar bilan haqorat qilib, doskaga qisib, bo‘ynidan bo‘g‘ib, bir necha marta urgani aks etgan.

Bundan xabar topgan o‘quvchining ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Boshqarmaning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quvchiga tan jarohati yetmagan, hozirda uning salomatligi joyida.

“Ta’kidlanishicha, rus tili fani o‘qituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman u 188-maktabga ishga qabul qilinganligi bo‘yicha hali buyrug‘i chiqmagan va yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda o‘qituvchi dars paytida 2 o‘quvchini kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing