Toshkentda elektr kabel o‘tkazish uchun yo‘l yopiladi
Jamiyat
−
10 noyabr
4447Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi bo‘ylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha keyingi ishlar uchun yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib boriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababli bugun, 10 noyabr kuni kech soat 00:00 dan 11 noyabr kuni soat 22:00 ga qadar Bobur ko‘chasining Seul ko‘chasi bilan kesishmasidan Bahodir ko‘chasigacha bo‘lgan qismida bir tomondan avtomobillar harakati cheklanadi.
Xabarda yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi qismida quvur almashtirish ishlari olib borilishi sababli ayrim yo‘l qismlari vaqtinchalik yopilishi xabar qilingandi.